. «Mehvar» davlatlari va Arab dunyosi ==

Ikkinchi jahon urushi arafasida «mehvar davlatlari» (ya’ni 1936-1940-yillarda Germaniya, Italiya va Yaponiya ittifoqchiligida shakllangan, «Berlin-Rim-Tokio o‘qi» (mehvari) deb atalgan edi) istisno tariqasida arab mamlakatlariga e’tibor bera boshladilar[1]. Arablar orasida Adolf Gitlerning «Mening kurashim» («Mayn kampf») kitobi tarjima nusxasi arablar to‘g‘risida fyurerning hamma salbiy ma’nodagi fikr-mulohazalari yulib olingan holda keng tarqatilgan edi. Germaniya-Italiya targ‘iboti va tashviqoti (radiostansiyalar, matbuot nashrlari, adabiyotlar orqali) jamoat arboblari, siyosatdonlar, harbiylar orasida josuslik agenturasi va «ta’sir o‘tkazuvchi agentlar»ni intensiv ravishda jo‘natib turish va razvedka maqsadlarida o‘z mamlakati va xalqiga qarshi yollash bilan birga kechaverdi. Gitler, Mussolini va Franko (Marokash va Jazoirda o‘z agenturasiga ega bo‘lgan Ispaniya diktatori) o‘zlarini «Islom homiylari» deb e’lon qildilar. Urushning dastlabki-yillaridayoq birgina Misrning o‘zida «mehvar davlatlari»ning 300 nafar josusi va diversanti, Suriyada esa birmuncha kamroq – 150 nafar, Iroqda esa 40 nafar borligi aniqlangan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, birgina Suriyaning o‘zida josuslar va diversantlar 2 ming nafardan oshib ketgan ekan[2]. Baytulmuqaddas (Ierusalim) muftiysi Amin al-Husayniy va Germaniyaparast orientatsiyaga ega bo‘lgan boshqa arab ldiderlari, Suriya, Livan va Iroqdagi butun boshlli tashkilotlar va klublar singari har-yili 700-800 ming nemis reyxmarkasi olib turgan edilar. Arab al-Mashrig‘idagi kurashning keskin tus olishi bu mintaqaning strategik ahamiyatdorligi bilan belgilangandi, albatta. Fashistik davlatlar Angliya va Fransiya qo‘qllaridan O‘rtaer dengizi ustidan nazorat qilish imkoniyatini Afrika va Osiyodagi mustamlaka mulklar bilan aloqa chiziqlari – dengiz va qurug‘likdagi yo‘llar bilan birga tortib olishga harakat qilgan edilar. Ammo «g‘arb demokratiyasi» avvalboshda ana shu tahdid ustida bosh qotirib ham o‘tirmadi. Hatto 1939-yil sentyabrida Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketganida ham ular Adolf Gitlerga qarshi kurashish qolib, SSSRga qarashi kurash borasida ko‘proq o‘ylar edi. Suriya va Livandagi Fransiya qo‘shinlarining Bosh qo‘mondoni general Veygan hali 1940-yildayoq Bokudagi neft konlariga aviabombardon uyushtirishni rejalashtirgan edi. 1940-yilda Fransiya mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng Suriya va Livan «sulf bo‘yicha Germaniya-Italiya komissiyasi» tasarrufiga tushib qoldi, keyin esa, 1941-yil yozida Angliya qo‘shinlari va general Sharl de Gollning «Ozod Fransiya» harakati tomonidan bosib olindi. «Levante» mamlakatlarida o‘z tarafdorlariga ega bo‘lgan «mehvar davlatlari» va vishistlar mavqeini barbod qilish maqsadida «Ozod Fransiya» harakati 1941-yil kuzida Suriya va Livan mustaqilligini tan oldi. Ana shu mamlakatlarda prezidentlar saylandi, hukumatlar shakllantirildi, muqaddam ishlab chiqilgan konstitutsiyalar amal qila boshladi. Biroq harbiy vaziyat va ingliz-fransuz okkupatsiyasi davom etishi Levante mamlakatlari mustaqilligini shunchaki rasmiyatchilikka aylantirib qo‘ydi, xolos. Hamma narsa urushning borishi va uning natijalariga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Iroqda esa vaziyat boshqacharoq tus oldi. Bu mamlakatda armiya oliy tabaqasining askilingliz kayfiyatlari yoshlarning «Futuvvat» (Matonat va jasorat) harakati, eng avvalo Bosh vazir (1940-yil apreldan boshlab) Rashid Ali al-G‘ayloniyning qo‘llab-quvvatlashiga tayanuvchi Germaniyaparast orientatsiyasida o‘z ifodasini topgan edi. 1941-yil 1 apreldagi harbiy to‘ntarish mamlakatdan inglizlar haydab chiqarilishiga olib keldi. Ammo Germaniyaning qo‘llab-quvvatlashi va madadiga qaramasdan, Iroq armiyasi Hindistondan kelgan Angliya armiyasi va Transiordaniya amiri Abdullohning Arab legioni hujumlarini qaytarishga muyassar bo‘la olmadi. 1941-yil iyunida Iroq ustidan Buyuk Britaniya nazorati qayta tiklandi[3]. Falastinda esa «fuqarolik tinch-totuvligi» faqatgina urush boshlaridagina tantana qildi, xolos: arab nasionalistlari o‘z maqsadlariga 1939-yilgi ingliz «Oq kitobi» asosida erishishga harakat qilgan bo‘lishsa, sinoistlar Gitler Falastinga hujum qilishi tahdidi mavjud bo‘lib turgan bir sharoitda aksilingliz chiqishlarini to‘xtatib turdi. Sionistlar tomonidan tashkid etilgan «Xagana» qurolli legioni Buyuk Brititaniyaning Yaqin Ikkinchi jahon urushi arafasida «mehvar davlatlari» (ya’ni 1936-1940-yillarda Germaniya, Italiya va Yaponiya ittifoqchiligida shakllangan, «Berlin-Rim-Tokio o‘qi» (mehvari) deb atalgan edi) istisno tariqasida arab mamlakatlariga e’tibor bera boshladilar[1]. Arablar orasida Adolf Gitlerning «Mening kurashim» («Mayn kampf») kitobi tarjima nusxasi arablar to‘g‘risida fyurerning hamma salbiy ma’nodagi fikr-mulohazalari yulib olingan holda keng tarqatilgan edi. Germaniya-Italiya targ‘iboti va tashviqoti (radiostansiyalar, matbuot nashrlari, adabiyotlar orqali) jamoat arboblari, siyosatdonlar, harbiylar orasida josuslik agenturasi va «ta’sir o‘tkazuvchi agentlar»ni intensiv ravishda jo‘natib turish va razvedka maqsadlarida o‘z mamlakati va xalqiga qarshi yollash bilan birga kechaverdi. Gitler, Mussolini va Franko (Marokash va Jazoirda o‘z agenturasiga ega bo‘lgan Ispaniya diktatori) o‘zlarini «Islom homiylari» deb e’lon qildilar. Urushning dastlabki-yillaridayoq birgina Misrning o‘zida «mehvar davlatlari»ning 300 nafar josusi va diversanti, Suriyada esa birmuncha kamroq – 150 nafar, Iroqda esa 40 nafar borligi aniqlangan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, birgina Suriyaning o‘zida josuslar va diversantlar 2 ming nafardan oshib ketgan ekan[2]. Baytulmuqaddas (Ierusalim) muftiysi Amin al-Husayniy va Germaniyaparast orientatsiyaga ega bo‘lgan boshqa arab ldiderlari, Suriya, Livan va Iroqdagi butun boshlli tashkilotlar va klublar singari har-yili 700-800 ming nemis reyxmarkasi olib turgan edilar.

Arab al-Mashrig‘idagi kurashning keskin tus olishi bu mintaqaning strategik ahamiyatdorligi bilan belgilangandi, albatta. Fashistik davlatlar Angliya va Fransiya qo‘qllaridan O‘rtaer dengizi ustidan nazorat qilish imkoniyatini Afrika va Osiyodagi mustamlaka mulklar bilan aloqa chiziqlari – dengiz va qurug‘likdagi yo‘llar bilan birga tortib olishga harakat qilgan edilar. Ammo «g‘arb demokratiyasi» avvalboshda ana shu tahdid ustida bosh qotirib ham o‘tirmadi. Hatto 1939-yil sentyabrida Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketganida ham ular Adolf Gitlerga qarshi kurashish qolib, SSSRga qarashi kurash borasida ko‘proq o‘ylar edi. Suriya va Livandagi Fransiya qo‘shinlarining Bosh qo‘mondoni general Veygan hali 1940-yildayoq Bokudagi neft konlariga aviabombardon uyushtirishni rejalashtirgan edi. 1940-yilda Fransiya mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng Suriya va Livan «sulf bo‘yicha Germaniya-Italiya komissiyasi» tasarrufiga tushib qoldi, keyin esa, 1941-yil yozida Angliya qo‘shinlari va general Sharl de Gollning «Ozod Fransiya» harakati tomonidan bosib olindi.

«Levante» mamlakatlarida o‘z tarafdorlariga ega bo‘lgan «mehvar davlatlari» va vishistlar mavqeini barbod qilish maqsadida «Ozod Fransiya» harakati 1941-yil kuzida Suriya va Livan mustaqilligini tan oldi. Ana shu mamlakatlarda prezidentlar saylandi, hukumatlar shakllantirildi, muqaddam ishlab chiqilgan konstitutsiyalar amal qila boshladi. Biroq harbiy vaziyat va ingliz-fransuz okkupatsiyasi davom etishi Levante mamlakatlari mustaqilligini shunchaki rasmiyatchilikka aylantirib qo‘ydi, xolos. Hamma narsa urushning borishi va uning natijalariga bog‘liq bo‘lib qolgan edi.

Iroqda esa vaziyat boshqacharoq tus oldi. Bu mamlakatda armiya oliy tabaqasining askilingliz kayfiyatlari yoshlarning «Futuvvat» (Matonat va jasorat) harakati, eng avvalo Bosh vazir (1940-yil apreldan boshlab) Rashid Ali al-G‘ayloniyning qo‘llab-quvvatlashiga tayanuvchi Germaniyaparast orientatsiyasida o‘z ifodasini topgan edi. 1941-yil 1 apreldagi harbiy to‘ntarish mamlakatdan inglizlar haydab chiqarilishiga olib keldi. Ammo Germaniyaning qo‘llab-quvvatlashi va madadiga qaramasdan, Iroq armiyasi Hindistondan kelgan Angliya armiyasi va Transiordaniya amiri Abdullohning Arab legioni hujumlarini qaytarishga muyassar bo‘la olmadi. 1941-yil iyunida Iroq ustidan Buyuk Britaniya nazorati qayta tiklandi

Falastin qarshilik harakati

change

XX asr arablari uchun ona vatanidan mahrum etilgan Falastin xalqi fojiasi o‘ta muhim muammoga aylanib ketdi. Falastinliklarning atigi ozgina qimsi 1948-yildagi fojiadan jonajon yurtidagi o‘z xonadonlarida qolgan edi, xolos. Ulardan ko‘pchiligi ana shunga bog‘liq bo‘lgan oqibatlar bilan birga apatriedlarga – vatandan majbur haydab chiqarilgan qochoqlarga aylanib qolishgandi. Ana shularning muhitidagi sotsial jarayonlar esa butun Arab Sharqi ijtimoiy iqlimiga salmoqli ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. 1968-yilga kelib Iordaniya lagerlarida 156178 nafar, shaharlarida esa 401714 nafar, Suriyadagi lagerlarda 25258 kishi, shaharlarda esa 124179 nafar, Livan lagerlarida 85621 nafar, shaharlarda 79754 nafar qochoqlar bo‘lib turgan. Ko‘pgina shaharda, shu jumladan, Bayrut va Ummonda qochoqlar yangidan-yangi lagerlar tashkil eta boshladilar. Ana shu lagerlar an’anaviy patriarxal va feodal munosabatlar yuzida qalqib suzib yurgan, eski aloqalar izdan chiqan, kapitalizmdan oldingi tuzilmalar chilparchin bo‘lgan ulkan bir qozonga aylanib ketdi. Natijada esa qochoqlarning bir qismi sinflashsizdi, marginallarga – ijtimoiy toifalardan tashqarilashgan kishilarga, boshqa bir qismi esa intellegensiya, ishchilar, xizmatchilar, tadbirkorlar, shu jumladan, million-million dollarlab mol-dunyoga ega bo‘lgan korchalonlar saflariga siljib o‘tib, yangi ijtimoiy sifat kasb etdilar. Ammo ularni ularning xalq sifatidagi fojiasi shiddat bilan rivojlanishiga imkoniyat va sharoit yaratib bergan milliy ongning kuchli keskinlashuv va mushtarak taqdir jipslashtirdi va yanada jipslashtirib kelmoqda. Ana shu holat barcha arab xalqlari, ayniqsa, Yaqin Sharq arablari siyosiy tajrijotiga ta’sir o‘tkazdi va turtki berdi. Shu tufayli mintaqadagi barcha arab davlatlari siyosatining aksilisroil yo‘nalishi ular uchun bir aksiomaga – o‘z-o‘zicha dalil-isbotsiz tushuniladigan hodisaga aylanib qoldi[1]. Ayni mahalda falastinliklar faqatgina vatanidan quvilgan chuvrindi va maxovchifat bir xalq bo‘lmasdan qoldilar. Hali 1940-yillarning oxiridayoq dunyoga kela boshlagan Falastin qarshilik harakat (FQO‘) falastinliklarda o‘ziga ishonchni qaytarib singdirib bordi. Iordaniya davlat aholisining taxminan 2/3 qismini tashkil etgan falastinliklar 1954-1957-yillardagi «liberallashtirish» davrida, shuningdek, 1955-yildagi Bag‘dod paktiga Iordaniyaning kirishdan voz kechishida va Angliya bilan bo‘lgan yangi teng huquqli bo‘lmagan shartnomaga qo‘shilishdan voz kechishida falastinliklar asosiy rol o‘ynagan edi. Falastinliklar umuarab tashkilotlari faoliyatida faol qatnasha boshladilar. Umumarab tashkilotlari saflarida esa «Arab birligi – Falastinni ozod qilish yo‘lidir» degan qat’iy ishonch va ko‘zqarash mustahkamlanib yetilib bordi. Alaloqibat bu narsa Falastin qarshilik harakatining barcha hujjatlarida, eng avvalo, 1964-yildagi Falastin Milliy paktida mustahkamlab qo‘yilgan edi. Shuning uchun ham falastinliklar hali 1954-yildayoq «bizning arab siyosatimiz barcha arablarni jipslashtirish va ularni yagona bir butun millatga aylantirish maqsadini ko‘zlaydi» deb aytgan Jamol Abdulnosirning qizg‘in tarafdorlari bo‘lishdi. Misr shafe’ligi va homiyligi ostida 1965-yilda falastin «fidoyilari» (shahidlari)ning dastlabki guruhlari vujudga kelgan edi. 1964-yilda oliy darajadagi arab kengashi Iskandariya shahrida «Falastin birligi» (1965-yildan «Falastin ozodlik harakati» – FOH)ni tan oldi. Bundan oldinroq ham bir qancha harakatlar vujudga kelgan edi («Fath», «Vatanga qaytish qahramonlari», «Yosh qasoskorlar»). 1965-yil 1 yanvardan ular Isroilga qarshi harbiy aksiyalarni boshlab yubordilar[2]. Yaqin Sharq inqirozi va muammosi rivojlanishida Suriya va Misrdagi inqilobiy rejimlarni tor-mor qilib tashlashga, ularning Iordaniya bilan qiyinchilik asnosida vujudga kelayotgan ittifoqini parchalab tashlashga, Falastin qarshilik harakatini butun neytrallashtirishga Isroil intilishlari tufayli kelib chiqqan 1967-yil iyundagi urush muhim bir bosqichga aylandi. Garchand Isroil ana shu maqsadlarga erisha olmaga bo‘lsa hamki, arablarning mag‘lubiyati og‘ir bo‘ldi. Arablarning armiyalari ulkan talafotlarga uchradi, Isroil qo‘shinlari esa 6 kun mobaynida Misrning (Sino yarimoroli), Iordaniyaning (Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i), va Suriyaning (Jo‘lon tepaliklari) 68,7 ming kvadrat kilometr yerlarini bosib oldi. 475 ming nafar arablar dushman bosib olgan hududlarni tark etdilar. Ammo mag‘lubliyatdan vujudga kelgan falajlanish uzoq davom etmadi. 1967-1969-yillarda, turli hisob-kitoblarga qaraganda, Falastin qarshilik harakati shaxsiy tarkibi adadi 100-150 baravar, uning siyosiy kadrlari – 30 baravar, qurol-aslaha va moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlanishi 300 baravar o‘sishi asnosida harakatning yuksalishi javob reaksiyasi bo‘lgan edi. 1970-yilga qadar Falastin qarshilik harakati 1968-yilda saylangan Yosir Arofat rahbarligidagi yangi ijroiya qo‘ita rahbarligi ostida Isroilga qarshi qurolli kurash olib bora boshladi. Garchand talafotlar misli ko‘rilmagan bo‘lsa hamki, Falastin qarshilik harakati ana shu kurashni davom ettiraverishi mumkin edi. Biroq kurashning siyosiy va moddiy shart-sharoitlari shiddat bilan o‘zgarib turdi. Falastin qarshilik harakatining Misr va Iordaniya hukumatlari bilan ixtiloflari 1971-yilga kelib Iordaniyada o‘zining eng muhim pozisiyalaridan mahrum bo‘lib qolgan FQO‘ning fojiasiga olib keldi . Bu paytga kelib Yaqin Sharqdagi kuchlar joylashuvida tub o‘zgarishlar ro‘y bergan edi. Misrda Jamol Abdulnosir vafotidan so‘ng 1970-yil sentyabrda hokimiyat tepasiga Anvar Saodat kelgan, u esa 1971-yil may oyida avvalgi siyosat yo‘lining barcha tarafdorlarini hokimiyatdan chetlashtirgan edi. Misr Arab dunyosidagi inqilobiy kuchlarni qo‘llab-quvvatlashdan tobora chetlasha boshladi – Falastin qarshilik harakati, Shimoliy Yamandagi monarxiyaga qarshi inqilob, Janubiy Yamandagi xalq-demokratik inqilobi, Ilvan, Bahrayn va Fors ko‘rfazidagi boshqa arab mamlakatlari vatanparvarlarini Misr e’tibordan chetga surib qo‘ydi. 1972-yilda Muhammad Anvar Saodat Saudiya Arabistoni va Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan yaqinlashuvga yo‘l qo‘ydi, «infitoh»ni e’lon qildi, ya’ni sovet harbiy maslahatchilari xizmatlaridan voz kechgan holda xorijiy kapital – sarmoyalar uchun ochiq eshiklar siyosatini amalga oshirishga kirishdi. Shuning barobarida neftdan tushadigan dollarga boy monarxiya rejimlari bilan yaqinlashuv, Suriya va Iroq bilan vaqtinchalik ittifoq Isroilni 1967-yilda okkupatsiya qilingan hududlarni ozod qilishga majburlashga Misr urinib ko‘rishiga imkon bergan edi . 1973-yil oktyabrda Misr va Suriya armiyalari Iroq, Marokash, Quvayt, Jazoir va Falastin qarshilik harakati bo‘linmalari yordamida Isroil pozisiyalariga hujum qildilar. Pirovard natijada esa isroilliklar vaziyatni tenglashtirishga va kuchli qarshi zarbalar berishga musyayaar bo‘ldi (birgina Falastin qarshilik harakati Sino va Suriya frnotlarida, shuningdek, isroillik ortidagi operatsiyalar jarayonida qariyb 1000 kishini boy berib qo‘ygan edi) . Ammo urush arab-isroil konflikti davomida ilk marotaba go‘yo «durang» bilan yakunlangandek edi. Anvar Saodat esa bu natijadan atigi AQSh vositachiligida Isroil bilan muzokaralar chog‘ida navbatdagi oldi-sotdi uchun foydalangan ediki, bu narsa 1979-yildagi Isroil va Misr o‘rtasidagi Misrni arab davlatlarning Isroilga qarshi yagona frontidan chetga surib qo‘o‘ygan Kemp-Devid separat shartnomasi shoshilinch tarzda imzolanishiga olib kelgan edi. Bu narsa Isroilga Suriyaga va, ayniqsa, asosiy bazalari 1971-yildan boshlab Livanga ko‘chirilgan Falastin qarshilik harakatiga yanada muvaffaqiyatli qarshi turish imkonini yaratib bergan edi . Arab mamlakatlarida Falastin qarshilik harakatining inqilobiy roli, bu harakat tomonidan Iordaniyada pozisiyalardan mahrum bo‘lib qolish va Misr qo‘llab-quvatlashiga erisha olmasligiga qaramasdan, og‘ishmasdan ortib bordi. Falastinliklar ko‘plab arab mamlakatlarida faoliyatning turli-tuman sohalarida, ayniqsa, xiyolilar, xizmatchilar, tadbirkorlar, malakali ishchilar saflarida hal qiluvchi mavqelarni egallab turdilar. Ular orasida ta’lim senzi, qoida tariqasida, odatda Yaqin Sharqning boshqa arablarinikiga qaraganda ancha yuqori edi. 1970-yil ma’lumotlariga qaraganda, 380 ming falastinlik Isroilda, 1142 mingi okkupatsiya qilingan hududlarda, 900 mingi Iordaniyada, 240 mingi Livanda, 156 mingi Suriyada, 133 ming Quvaytda, 17 mingi Saudiya Arabistoni va Form ko‘rfazi amirliklarida, 33 mingi Misrda, 14 ming Iroqda, 15 mingi Germaniya Federativ Respublikasida, 7 ming AQSh va Lotin Amerikasida yashab kelgan. 1970-1975-yillarda falastinliklarning umumiy soni 2967 mingdan 3250 minggacha ortdi. Ana shulardan yuz minglari Birlashgan Millatlar Tashkiloti lagerlarining og‘ir va mashaqqatli maktablari sabog‘larini o‘tab, L.N.Gumilyov termini bilan aytganda, «passionerlar»ga aylandilar va Tunisdan tortib Ummongacha yangicha hayot va yangicha munosabatlar ijodkorlari va yaratuvchilari rolini o‘ynab berdilar, bu esa o‘z mohiyatiga ko‘ra an’anaviy va an’anaparast bo‘lmish Arab jamiyatining modernazisiyalanishi va islohotlarga uchrashini jadallashtirib yubordi. 1971-1973-yillardagi inqirozni yengib o‘ta bilgan Falastin qarshilik harakati moddiy va moliyaviy jihatdan ham mustahkamlanib oldi. Bu narsa, o‘z navbatida, nafaqat Isroilni, qolaversa AQSh va arab dunyosining reaksion kuchlarini ham tashvishga solib qo‘ydi. Aynan shuning uchun ham Livan falangistlari (reaksion «Katoib» maronitlar partiyasi) bilan Falastin qarshilik harakati to‘qnashuvi 1975-yil aprelda tez orada ana shu mamlakatda ijtimoiy-siyosiy portlashning detonatori bo‘lib xizmat qilgan umumlivan miqyosidagi konfliktga aylanib ketdi. 1970-yillarning o‘rtalarida Livanning eng katta yirik diniy jamoati shi’a musulmonlar – 900 ming kishi (butun aholining 28%i) bo‘lib qolgandi. Boshqa musulmonlar orasida sunniylar – 600 ming kishi (19%) va daroziylar 250 ming kishi (8%) ancha ko‘pchilikni tashkil etardi. Musulmonlar, shu taxlit, ko‘rinib turibdiki, mamlakat aholisining 55%ini tashkil etishgan. Ammo davlat va iqtisodiyotdagi hal qiluvchi lavozimlar 1943-yildan boshlab shakllangan konfessionalizm tizimiga ko‘ra hatto parlamentda ham musulmonlarga qaraganda ko‘proq vakillar adadi bilan ish ko‘rgan xristianlar qo‘lida edi. Musulmonlar hammasi quyidagicha taqsimlangan edi: 800 ming maronitlar (butun aholining 24%i), 300 ming pravoslavlar (9%), 200 ming grek katoliklar (6)%), 160 ming arman gregorianlar (5%) edi. Aholi orasida xristianlar ulushi kam bo‘lishi ular turmush darajasi va savodxonligi ancha yuqoriligi, uyushqoqligi va faolligi bilan kompensatsiyalanar edi. o‘z imtiyozlarini muhofaza qilish uchun ular hali 1930-yillardayoq o‘z qurolli kuchlarini tashkil etgan, boz ustiga armiyada ham hukmron mavqega ega edilar. 1948-yilda Isroil bilan urushda muvaffaqiyatsizlikka uchragan bu armiya Isroil bilan har qanday to‘qnashuvdan astoydild saqlanishga harakat qilgan, arab-isroil mojarosidan chetda turishni afzal ko‘rguvchi hukmron maronit burjuaziyasi pozisiyasini ko‘p hollarda ifoda etib kelmoqda edi . Livan armiyasi 1969 va 1973-yillarda mamlakatdagi Falastin qarshilik harakat otryadlarini tor-mor etib tashlashga harakat qilib ko‘rgan, ammo har safar asosan Livan Kommunistik partiyasiga (turli konfessial va milliy jamoatlardan chiqqan odamlarni birlashtirgan partiya), har xil so‘l tashkilotlar, daroziylar va sunniylar, shuningdek, sunniylar jamoatlariga tanuvchi Milliy-vatanparvarlik kuchlari (MVK) unga xalaqit bergan edi. 1975-yilda Milliy-vatanparvarlik kuchlari falangistlarga qarshi qat’iy kurashga kirishdi. Ana shu to‘qnashuv 16-yillik fuqarolar urushi boshlanishiga asos solib berdi. Falastin qarshilik harakati esa beixtiyor ana shu urushga jalb etildi. 1976-yil falangistlar va ular boshchilik qilib turgan o‘ng xristian bloki mag‘lubiyat yoqasiga kelib qolgan, bu esa «Katoib»ga qurol-aslaha, pul va hatto kadrlar bilan yordam berayotgan AQSh va Isroil aralashuvi xavfini tug‘dirgan edi hatto. Bunga javoban Suriya o‘z qo‘shinlarini Livanga kiritdi, mamlakatning sharqiy qismi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi va Falastin qarshilik harakati va Milliy-vatanparvarlik otryadlarini chekinishga majbur qildi, bu esa Suriya va Falastin munosabatlarida keskinlikni yuzaga keltirdi. Yaqin Sharqdagi voqealarning keyingi rivojlanishiga 1978-1979-yillardagi Erondagi islom inqilobi va 1980-yilda boshlangan Eron-Iroq urushi kuchli ta’sir o‘tkazdi. Bu esa Isroilning qo‘llarini yechib yuborgandek bo‘lgan edi: uning ikki raqibi – Misr 1979-yildan va Iroq 1980-yildan boshlab neytrallashtirilgan – go‘yoki zararsizlantirilgandek, Suriya esa bir qator arab mamlakatlari bilan taranglashib ketgan munosabatlar (nafaqat xristianlar, shu jumladan, Livan Milliy-vatanparvarlik ittifoqi ham) va Iordaniyaning dushmanlarcha munosabati oqibatida yakkalanib qolgan edi. Isroil esa bundan 1982-yil yozida Livanga bostirib kirishda va qahramonlarcha qarshilik ko‘rsatgan Falastin qarshilik harakati otryadlarini mag‘lubiyatga uchratish uchun (mamlakatdagi ichki boshboshdoqliklar va muammolar tufayli falaj bo‘lib qolgan Livan armiyasining to‘lasincha «neytralligi» – betaraf qolgan bir sharoitda) foydalanib qoldi. Livandagi Falastin qarshilik harakati bazalari va Bayrut shahridagi shtab-kvartirasi – bosh qarorgohi evakuatsiya qilindi. Mamlakatga AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiyaning qo‘shinlari «esini kiritib, tinchlik o‘rnatish uchun» kiritilgan edi. Livanga esa 1983-yildagi taslimkorona – kapitulyativ shartnoma zo‘rlab tiqishtirilgan, u esa Milliy-vatanparvarlik ittifoqi va shi’alarning birgalikdagi harakatlari natijasida bartaraf etilgan edi. Ammo ana shu momentdan boshlab Livan hayotida shi’alar harakati katta ahamiyat kasb etib bordi. Bu harakat asosan kambag‘al va qashshoq shi’alarni: tashlandiq kulbalar ahlini, ishsizlarni, 1970-yillarda Isroil zarbalariga giriftor bo‘lgan janubiy tumanlardan kelgan qochoqlarni birlashtirgan edi. Shi’alarning rahbarlari (asosan g‘arbiy Afrikada mo‘may boylik orttirib olgan savdogarlar va odatda «tashlandiq xonalar maktabi»ni o‘tagan ziyolilardan iborat) asosan shahar tuban qatlamlariga qarab mo‘ljal olgan holda tez orada radikallashib ketdi. Boz ustiga u mamlakat miqyosida maronitlar burjuaziyasini bir chekkaga qisib qo‘yishga, musulmon hamjamiyati ichida esa sunniy mazhabdagi musulmonlarni bir chetga surib tashlashga intilgan, negaki sunniylar asta-sekin Livanning 15 ta konfessional jamoatlari orasida asta-sekin va bosqichma-bosqich ikkinchi o‘rinda turadigan jamoatga aylanib borgan edi (1984-yilga kelganda 24%). Shi’alar ana shu maqsadda o‘zlarining «Amal» qurolli tashkilotini, sunniylar qanoti esa (nosiriylar o‘zining «Almurabitun» (Murabodiylar) qurolli tashkilotini tuzdilar. Asta-sekin «Amal» musulmon jamoatlari ustidan o‘z hukmronligini o‘rnata borgan bo‘lsa, bunda Livanga subsidiyalar, emissarlar va ko‘ngilli-jangarilarni jo‘natib bturgan Eronning shi’a mazhabi yuzasidan qo‘llab-quvvatlashi ham birinchi galda rol o‘ynagan edi. «Amal» rahbariyati o‘z mustaqilligini saqlab qolishga intildi, buning natijasida esa Eronparast orientatsiya tarafdorlari shi’alar orasida «Hizb Alloh» partiyasiga birlashib, «Amal»ga qarshi chiqdilar. Shunday qilib, 1980-yillardagi Livandagi fuqarolar urushining butun tarizi nafaqat jamoatlararo to‘qnashuvlardan, jamoat ichidagi to‘qnashuv va raqobatlashuvdan ham iborat bo‘lib qoldi. «Katoib» esa maronitlar va umuman xristianlar orasida gegemonlikni egallab oldi, «Amal« ham xuddi shu narsaga shi’alar va umuman musulmonlar orasida erishishga urinib ko‘raverdi. Bundan tashqari, u partiya ham, bu partiya ham bir-biri bilan va Falastin qarshilik harakat bilan urushishga harakat qildi, binobarin, Falastin qarshilik harakati otryadlari 1984-yildan keyin tag‘in Livandagi falastinlik qochoqlar lagerlarida shakllana boshladi. Ular orasida ham ko‘pincha mayda to‘qnashuvlar bo‘lib turar edi (asosan Suriyaga qarab mo‘ljal oluvchilar yoki Yosir Arofat boshchiligidagi Falastin qarshilik harakati ijroiya qo‘mitasi tarafdorlari orasida). Vaqti-vaqti bilan turli-tuman guruhlar orasidagi to‘qnashuvlar Livanda shafqatsiz va ayovsiz tus olar edi. 1995-yil bahorida esa Suriya qo‘shinlarining Bayrutga kirib kelishi ana shunday to‘qnashuvlar oldini olishga imkoniyat yaratib berdi, xolos . Livandagi 1975-1919-yillardagi jangovar harakatlar o‘qtin-o‘qtin va tizimlashmagan bo‘lib ko‘ringani bilan ular mamlakatga ulkan-ulkan talafotlar yetkazdi: birgina 1975-1984-yillarda 168 ming odam o‘ldirilgan va 760 ming kishi yaralangan edi (taxminan 3 million livanlik va 250 Livan falastinliklaridan), 750 ta xavod va ustaxona, 13 rasta va do‘konlar, 123 mehmonxona, 87 ming turarjoy uylari yo‘q qilindi. Uchta shahar va yuzga yaqin qishloqlar Yer yuzidan supirib tashlandi. Zararlarning umumiy summasi o‘sha kezlardagi 80 milliard Livan funti (junayhi)ni yoki 27 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Ishsizlik 35%ga qadar ortib ketdi, shu tufayli ko‘plab ishsiz livanliklar (1984-yilda 59 ming kishi) shunchaki o‘sha kezlardagi 124 ta partiyalar va tashkilotlarning bir oyga 100 funtgacha (mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqi 145 funt) maosh olish mumkin bo‘lgan jangarilar otryadlariga a’zo bo‘lib kirishga majbur bo‘lib qolgan edi.

Quick deletion of . «Ozod ofitserlar» va Jamol Abdulnosir

change
 

The page you wrote, . «Ozod ofitserlar» va Jamol Abdulnosir, has been selected for quick deletion. If you think this page should be kept, please add {{wait}} below the line {{QD}} and say why on the talk page. If the page is already gone, but you think this was an error, you can ask for it to be undeleted. You can find more information about the reason here. Koqkpa - TALK 15:34, 5 December 2022 (UTC)Reply

Quick deletion of Jazoirdagi urush va inqilob

change
 

The page you wrote, Jazoirdagi urush va inqilob, has been selected for quick deletion. If you think this page should be kept, please add {{wait}} below the line {{QD}} and say why on the talk page. If the page is already gone, but you think this was an error, you can ask for it to be undeleted. You can find more information about the reason here. DovahFRD (talk) 15:57, 5 December 2022 (UTC)Reply

Quick deletion of . Suriya: Asadlar davlat boshqaruvida

change
 

The page you wrote, . Suriya: Asadlar davlat boshqaruvida, has been selected for quick deletion. If you think this page should be kept, please add {{wait}} below the line {{QD}} and say why on the talk page. If the page is already gone, but you think this was an error, you can ask for it to be undeleted. You can find more information about the reason here. DovahFRD (talk) 15:58, 5 December 2022 (UTC)Reply

Quick deletion of Misr: Muhammad Anvar Saodat va Muhammad Husniy Muborak davrida

change
 

The page you wrote, Misr: Muhammad Anvar Saodat va Muhammad Husniy Muborak davrida, has been selected for quick deletion. If you think this page should be kept, please add {{wait}} below the line {{QD}} and say why on the talk page. If the page is already gone, but you think this was an error, you can ask for it to be undeleted. You can find more information about the reason here. DovahFRD (talk) 15:58, 5 December 2022 (UTC)Reply

Quick deletion of Jazoir – sivilizatsiyalar mutatsiyasi

change
 

The page you wrote, Jazoir – sivilizatsiyalar mutatsiyasi, has been selected for quick deletion. If you think this page should be kept, please add {{wait}} below the line {{QD}} and say why on the talk page. If the page is already gone, but you think this was an error, you can ask for it to be undeleted. You can find more information about the reason here. DovahFRD (talk) 15:59, 5 December 2022 (UTC)Reply

Quick deletion of . Iroq: Saddam Husayn davri

change
 

The page you wrote, . Iroq: Saddam Husayn davri, has been selected for quick deletion. If you think this page should be kept, please add {{wait}} below the line {{QD}} and say why on the talk page. If the page is already gone, but you think this was an error, you can ask for it to be undeleted. You can find more information about the reason here. DovahFRD (talk) 15:59, 5 December 2022 (UTC)Reply

Quick deletion of MODERNIZATSIYALASHUV VA GLOBALLASHUV DAVRIDA ARAB DUNYOSI

change
 

The page you wrote, MODERNIZATSIYALASHUV VA GLOBALLASHUV DAVRIDA ARAB DUNYOSI, has been selected for quick deletion for multiple reasons. Please see the page to see the specific reasons. If you think this page should be kept, please add {{wait}} below the line {{QD}} and say why on the talk page. If the page is already gone, but you think this was an error, you can ask for it to be undeleted. DovahFRD (talk) 16:00, 5 December 2022 (UTC)Reply

December 2022

change

  Thank you for changing Wikipedia. We welcome all changes, but we can only have changes that are in simple English, and your new changes were in another language. If you wish to make changes in that language, please see the list of languages that have a Wikipedia, and contribute to the one in your language. Thank you. --Ferien (talk) 16:24, 5 December 2022 (UTC)Reply